:  Metromedretsept bilan

Tarkibi:

100ml eritma saqlaydi: Faol modda: metronidazol – 500mg Yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

:  Metromed

Farmakalogik guruhi:

Protozoylarga qarshi vositalar.

Protozoylarga qarshi vositalar.

Organizmning ko‘pchilik to‘qima va suyuqliklarida, shu jumladan o‘pkalar, buyraklar, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, o‘t-safro, so‘lak, amniotik suyuqlik, abstsesslar bo‘shlig‘i, qin sekreti, urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakteritsid kontsentratsiyalarga erishadi. Gemato-entsefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Taqsimlanish hajmi: (Vα):  kattalarda – taxminan 0,55 l/kg; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54 – 0,81 l/kg.     Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20%. Qondagi maksimal kontsentratsiyaga (Smax) 30-60 minutdan keyin erishiladi, terapevtik kontsentratsiyasi 6-8 soat davomida saqlanadi. Preparatning qondagi minimal kontsentratsiyasi (Smin) keyingi yuborishda – 18 mkg/ml. Me’yoriy o‘t-safro hosil bo‘lishida metronidazolning o‘t-safrodagi kontsentratsiyasi vena ichiga (v/i) yuborilganida, plazmadagi kontsentratsiyasidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glyukouronlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksi metronidazol) ham protozoylarga va mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Jigarning me’yoriy faoliyatida yarimchiqarilish davri (T1/2) – 8 soat (6 dan 12 soatgacha), jigarning alkogolli shikastlanishida – 18 soat (10 dan 29 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlikning 28-30 haftaligida tug‘ilgan – taxminan 75 soat, 32-35 haftaligida muvofiq – 35 soat, 36-40 haftaligida – 25 soat. Buyraklar orqali – 60-80%, (20% o‘zgarmagan holda), ichaklar orqali – 6-15% chiqariladi. Buyrak klirensi – minutiga 10,2 ml. Buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarga qayta yuborilganidan keyin metronidazolning qon zardobida to‘planishi kuzatilishi mumkin (shuning uchun buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qabul qilish sonini kamaytirish kerak). Metronidazol va asosiy metbolitlari gemodializda qondan tez chiqariladi (T ½  2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi.

Protozoy infektsiyalari: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abstsessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidioz, lyamblioz, teri leyshmoniozi, trixomonad vaginit, trixomonad uretrit, Bacteroides spp. (shu jumladan B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infektsiyalar: suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infektsiyalari, shu jumladan meningit, miya abstsessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiyemasi va abstsessi. Bacteroides turlari, shu jumladan B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari chaqirgan infektsiyalar: qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, jigar abstsessi), chanoq a’zolarining infektsiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abstsessi, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi qin ravog‘i infektsiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalari, sepsis. Soxtamembranoz kolit (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq). Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘nikki barmoq ichak yarasi. Operatsiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichak, to‘g‘ri ichak oldi sohasidagi aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operatsiyalar) oldini olish. O‘smalari bo‘lgan bemorlarni nur bilan davolash (o‘smaning chidamliligi o‘sma hujayralaridagi gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, radiosensibilizatsiyalovchi  vositasi sifatida). Alkogolizm.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga boshlang‘ich 0,5-1 g dozada v/i tomchilab (infuziyaning davomiyligi 30-40 minut), so‘ngra esa, har 8 soatda 500 mg dan minutiga 5 ml tezlikda. Yaxshi o‘zlashtirilganida birinchi 2-3 infuziyadan keyin oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Davolash kursi – 7 kun. Zarurati bo‘lganida v/i ga yuborish uzoqroq muddat davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 g. Ko‘rsatmalar bo‘yicha ichga, 400 mg dozada sutkada 3 martalik tutib turuvchi qabulga o‘tish amalga oshiriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xuddi shunday bir martalik 7,5 mg/kg dozadagi tartibda buyuriladi. Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o‘tkaziladi. Oldini olish maqsadida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga v/i ga tomchilab operatsiya arafasida 0,5-1 g dan, operatsiya kuni va keyingi kunlari sutkada 1,5 g dan (500 mg dan har 8 soatda) buyuriladi. 1-2 kundan keyin ichga tutib turuvchi davolashga o‘tiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBЕ) va kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda maksimal sutkalik doza – 1 g dan ko‘p emas, qabullar soni – sutkada 2 marta. Radiosensibilizatsiyalovchi vosita sifatida v/i ga tomchilab 160 mg/kg yoki tana yuzasining 4-6 g/kv. m hisobidan nurlantirishni boshlashdan 0,5 – 1 soat oldin yuboriladi. Nurlantirishning har bir seansidan oldin 1-2 hafta davomida qo‘llanadi. Nur bilan davolashning qolgan davrida metronidazol qo‘llanmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurslik – 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlantirish chaqirgan intoksikatsiyani bartaraf qilish uchun glyukoza, gemodez yoki natriy xloridining izotonik eritmalarini tomchilab yuborish qo‘llanadi.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchig‘i, qabziyat, og‘izda «metall» ta’mi, og‘izni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, ta’sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, periferik neyropatiya. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, teri toshmasi, terini qizarishi, burunni bitishi, isitma, artralgiyalar. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: dizuriya, tsistit, poliuriya, siydikni tutib turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi. Mahalliy reaktsiyalar: tromboflebit (og‘riq, inyektsiya qilingan joyda qizarish va shish). Boshqalar: neytropeniya, leykopeniya, EKG da T tishini tekislanishi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezdagi), MNT organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi, (katta dozalarda buyurilgan holda), homiladorlik (I uch oyligi), laktatsiya davri. Ehtiyotkorlik bilan – homiladorlik (II-III uch oyliklar), buyrak/jigar yetishmovchiligi.

Metronidazol v/i ga yuborish uchun boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi. Bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lishi vaqtini uzayishiga olib keladi. Disulfiramga o‘xshab etanolni o‘zlashtiraolmaslikni chaqiradi. Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llash turli nevrologik simptomlarning (buyurishlar oralig‘i – 2 haftadan kam bo‘lmasligi kerak) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tsimetidin metronidazolning metabolizmnining ingibirlaydi, bu qon zardobida uning kontsentratsiyasini oshishiga va nojo‘ya ta’sirlarining rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Jigar mikrosomol oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiruvchi (fenobarbital, fenitoin) preparatlarni bir vaqtda buyurish, metronidazolning eliminatsiyasini tezlashtirishi mumkin, buning natijasida uning plazmadagi kontsentratsiyasi pasayadi. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, oxirgisining plazmadagi kontsentratsiyasini oshishi va intoksikatsiya belgilarini rivojlanishi mumkin. Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta’sirini kuchaytiradi.

Davolash davrida etanolni qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaktsiyalar rivojlanishi mumkin: qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga to‘satdan qon oqib kelishi). 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda amoksitsillin bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Uzoq muddat davolashda qon manzarasini nazorat qilish kerak. Leykopeniyada davolashni davom ettirish infektsion jarayonni rivojlanish xavfiga bog‘liq. Ataksiya, bosh aylanishini paydo bo‘lishi va bemorlarda boshqa har qanday nevrologik holatning yomonlashishi davolashni to‘xtatishni talab qiladi. Treponemalarni immobilizatsiya qilishi va soxtamusbat Nelson sinamasiga olib kelishi mumkin. Siydikni to‘q rangga bo‘yaydi. Ayollardagi trixomonad vaginitni va erkaklardagi trixomonad uretritni davolashda jinsiy hayotdan saqlanish kerak. Davolash xayz ko‘rish vaqtida to‘xtatilmaydi. Trixomoniazni davolashdan keyin hayz ko‘rishning navbatdagi uch tsikli davomida  xayz ko‘rish oldidan va keyin nazorat sinamalarini o‘tkazish lozim. Lyambliozni davolashdan keyin, agarda belgilari saqlansa, 3-4 haftadan keyin bir necha kun oralig‘ida ahlatni 3 marta tahlilini (ayrim muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani o‘zlashtiraolmaslik bir necha hafta yoki oylar davomida lyamblioz belgilarini eslatib saqlanishi mumkin) o‘tkazish lozim. Laktatsiya davrida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yuborish (preparat ichga qabul qilingan holda), gemodializni o‘tkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi.

Retsept bo‘yicha

infuziya uchun 5 mg/ml eritma – 100 ml dan  flakonlarda.